Jasur Yaxshiboyev yana "Lokomotiv" safiga qo'shildi.
Fevral oyida Toshkent klubi hujumkor o'yinchining transferini e'lon qilgandi, ammo o'shandan beri 28 yoshli futbolchi jamoada ko'rinish bermadi. Yozgi tanaffusda esa Jasur yana "temiryo'lchilar" ixtiyoriga qaytdi.
PFL matbuot xizmati xabar berishicha, Yaxshiboyev "Lokomotiv" bilan 2027 yil dekabrgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.
Futbolchi faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", OKMK, Qozog'istonning "Ordabasi", Belarusning "Shaxtyor", "Energetik-BGU", Moldovaning "Sherif", Polshaning "Legiya" hamda Eronning "Nassaji" klublarida to'p tepgan. U 2025 yil yozidan beri o'ynamayapti.
Jasur Yaxshiboyev "Lokomotiv"ga qaytdi
Futbol
12 iyun, 15:45
Toshkent klubi mavsum boshida transferni e'lon qilgan, ammo shundan keyin futbolchi jamoadan ketib qolgandi.
Foto: Lokomotiv PFC