Live
1
O'zbek

"Andijon" Boltaboyev, Davronov va Yoʻldoshev bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
12 iyun, 14:50
Yozgi yigʻinga kirishgan "burgutlar" 3 futbolchi bilan xayrlashishdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Andijon" Boltaboyev, Davronov va Yoʻldoshev bilan shartnomani bekor qildi
Foto: FC Andijon

"Andijon" yozgi yigʻinni boshladi va jamoani 3 nafar futbolchi tark etgani haqida xabar berdi.

"Darvozabon Rahimjon Davronov, himoyachi Ibrohim Yoʻldoshev va yarimhimoyachi Jamshid Boltaboyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi har ikki tomonning oʻzaro roziligi asosida bekor qilinganini ma'lum qilamiz.

Xabaringiz bor, ushbu futbolchilar mavsum avvalida jamoamizga qoʻshilishgandi. Oʻtgan vaqt davomida Davronov "Andijon" tarkibida chempionat va Kubok doirasida hammagi boʻlib, 8 ta oʻyinda maydonga tushdi. Yoʻldoshev bitta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi. Boltaboyev esa "Andijon" safida Superligada 7 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Davronov, Yoʻldoshev va Boltaboyevga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", — deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar