Live
1
O'zbek

Andre Silva "Portu"ga qaytdi

Futbol
12 iyun, 12:55
30 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumni La Ligada o'tkazgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Andre Silva "Portu"ga qaytdi
Foto: Porto CF

Andre Silva "Elche"dan "Portu"ga tekinga o'tdi.

Portugaliyalik hujumchi to'qqiz yildan so'ng yana sobiq klubiga qaytdi.

Silva "Portu" bilan 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi, bitimni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor. 30 yoshli hujumchi 2011-2017 yillar oralig'ida ham shu klubda o'ynagan.

O'tgan mavsumda Andre La Ligada 31 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgandi.

Futbolchi faoliyati davomida "Milan", "Sevilya", "Leypsig", "Real Sosiedad" kabi jamoalarda ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
  • Portugaliya Premer-ligasi Portugaliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar