"Qo'qon-1912" darvozaboni Azizxon Isaqov jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"2024 yildan beri jamoamiz safida harakat qilib kelgan darvozabon Azizxon Isaqov bilan ikki tomonlama kelishuvga ko'ra shartnoma bekor qilindi.
Klubimiz Isaqov bilan xayrlashganini e'lon qiladi va jamoa uchun qilgan mehnatlariga tashakkur izhor qiladi.
Azizxon, kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz.
Azizxon Isaqov ikki yarim yil davomida jamoamiz safida jami 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shu uchrashuvlarning 22 tasida o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qoldi", — deyiladi klub xabarida.
"Qo'qon-1912" asosiy darvozaboni bilan xayrlashdi
Futbol
12 iyun, 13:40
Klub va Isaqov ikki tomonlama kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.
Foto: FC Kokand-1912