Live
1
O'zbek

Infantino: "JCHdagi jamoalar sonini 64 taga yetkazsak, Italiya ham saralashdan o'tadi. Bo'lmasa, 208 ta jamoa qatnashar"

Futbol
12 iyun, 13:20
FIFA prezidenti "moviy gvardiya"ning qatorasiga uchinchi mundialga chiqolmagani borasida hazil qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Infantino: "JCHdagi jamoalar sonini 64 taga yetkazsak, Italiya ham saralashdan o'tadi. Bo'lmasa, 208 ta jamoa qatnashar"
Foto: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino Italiya milliy jamoasining jahon chempionatiga chiqa olmayotgani haqida hazil qildi.

"Moviy gvardiya" ketma-ket uchinchi mundialni o'tkazib yubormoqda.

Kanada, Meksika va AQShda o'tkazilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatda tarixda birinchi marta 48 ta jamoa ishtirok etmoqda.

"Biz butun dunyoni yanada ko'proq jalb qilish uchun 64 ta jamoa ishtirokida Jahon chempionati o'tkazish imkoniyatini muhokama qilgandik. Bu masala FIFA Kengashida ko'tarilgan, ammo hozircha 48 ta jamoa bilan o'tayotgan birinchi turnirdan zavq olaylik.

Ehtimol, 64 ta jamoa bilan Italiya saralashdan o'tadi… Bo'lmasa, 208 ta jamoagacha borarmiz..."
, — dedi Infantino CazeTV'ga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar