Roberto Manchini Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga qaytishga juda yaqin turibdi. Bu haqda insayder Janluka Di Marzio xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 61 yoshli murabbiy Italiya futbol federatsiyasi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi 2 million yevroni tashkil etadi.
Manchini avval ham 2018 yildan 2023 yilgacha milliy jamoani boshqargan edi. Uning qo'l ostida italyanlar 2021 yilgi Yevropa chempionatida g'olib chiqqanlar, biroq 2022 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma ololmagan edilar.
Manchini bundan avval Saudiya Arabistoni milliy jamoasini boshqardi.
Ma'lumot uchun, Jahon chempionati saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng mart oyida Italiya futbol federatsiyasi Jennaro Gattuzo iste'foga chiqarishga qaror qilgandi.