Ispaniya milliy jamoasi va "Barselona" vingeri Lamin Yamal Jahon chempionatida g'olib bo'lsa, soqol va mo'ylov o'stirishini ma'lum qildi.
18 yoshli futbolchi Ispaniya bilan titulni qo'lga kiritsa, qanday va'da berishga tayyorligi haqidagi savolga javob berdi.
"Men soqol va mo'ylov o'stirib, ularga uch hafta davomida tegmayman", – deya Yamalning so'zlarini keltiradi Marca.
2026 yilgi mundialning guruh bosqichida Ispaniya Kabo-Verde (15 iyun), Saudiya Arabistoni (21 iyun) va Urugvay (27 iyun) milliy jamoalariga qarshi o'ynaydi.
Avvalroq Yamal yetarlicha baholanmagan futbolchilarni aytgandi.
Yamal: "Ispaniya jahon chempioni bo'lsa, soqol va mo'ylov qo'yaman"
Futbol
8 iyun, 08:50
18 yoshli vinger mundial oldidan va'da berdi.
Foto: Getty Images