Bugun
8
O'zbek

Yamal Peruga qarshi o'rtoqlik o'yinida Ispaniyaga yordam bera olmaydi

Futbol
8 iyun, 00:30
Shuningdek, de la Fuete bu bellashuvda yana ikki vinger xizmatidan ham foydalana olmaydi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Yamal Peruga qarshi o'rtoqlik o'yinida Ispaniyaga yordam bera olmaydi
Foto: Getty Images
08.06.2026, 22:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Peru Peru - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi jahon chempionati oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi va unda Lamin Yamal ishtirok etmaydi. Bu haqda COPE nashri xabar berdi.

«Qizil furiya» mundialga tayyorgarlikni Peruga qarshi nazorat o'yini bilan yakunlaydi. Ushbu bahs ertaga, seshanba kuni (Toshkent vaqti bilan 07:00) bo'lib o'tadi.

Shuningdek, Luis de la Fuente bu bellashuvda yana ikki vinger Niko Uilyams va Viktor Munos xizmatidan ham foydalana olmaydi. Katta ehtimol bilan, ushbu uch futbolchi jahon chempionati boshlanishiga qadar to'liq safga qaytadi.

Ma'lumot o'rnida, 15 iyun kuni ispanlar guruh bosqichining ilk turida Kabo-Verde bilan o'ynaydi. 21 va 27 iyun kunlari esa mos ravishda Saudiya Arabistoni va Urugvayga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Yamalning mundial startini o'tkazib yuborishi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Peru Peru
  • Ispaniya Ispaniya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar