"Fenerbahche" prezidentligi uchun saylovi yakunlandi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra, Aziz Yildirim 17245 ta ovoz to'plab, g'olib bo'ldi. Uning raqibi Hoqon Safi uchun esa 9 927 nafar saylov ishtirokchisi ovoz berdi. Bu haqda turk klubining X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, 73 yoshli Yildirim 1998 yildan 2018 yilgacha ham Istanbul klubi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
Mag'lub bo'lgan Safi jamoaga Luis Suares ("Inter Mayami"), Merih Demiral ("Al Ahli"), Meyson Grinvud ("Marsel") va Hoqln Chalhono'g'lini ("Inter") transfer qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Fenerbahche" Turkiya chempionatida ikkinchi o'rinni egallab, chempionlikni "Galatasaroy"ga boy berdi. Mamlakat kubogida esa jamoa chorakfinalgacha yetib bordi.
Aziz Yildirim — "Fenerbahche" prezidenti
Futbol
7 iyun, 20:25
Istanbul klubiga begona bo'lmagan 73 yoshli funksioner saylovda g'olib chiqdi.
Foto: Fenerbahce SK