«Milan» va «Fenerbahçe» futbolchi Rafael Leauning transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda jurnalist Yağız Sabuncuoğlu xabar berdi.
27 yoshli futbolchi yiliga 12 million yevro maosh talab qilgan va bu summa turkiyaliklar talabiga mos kelgan. Biroq «rossoneri» bilan muzokaralarda kelishmovchilik yuzaga kelgan va «Milan»ning 60 million yevro talab qilishi Istanbul klubini mutlaqo qoniqtirmagan.
Italiya grandi vakillari talabni 50 million yevrogacha tushirishga tayyorligini bildirishdi, ammo bu summa ham «Fenerbahçe» uchun yuqori bo'lib chiqdi. Turkiya vitse-chempioni Leau uchun 40 million yevrogacha to'lashga rozi ekanini ma'lum qilgan.
Avvalroq «Galatasaray» Leau bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi