Live
1
O'zbek

«Liverpul» tarkibini «Milan» himoyachisi bilan kuchaytirishi mumkin

Futbol
1 avgust, 05:03
Angliya klubi markaziy himoyachi Fikayo Tomoriga qiziqish bildirmoqda.
«Liverpul» tarkibini «Milan» himoyachisi bilan kuchaytirishi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda TuttoJuve xabar bermoqda.

«Liverpul» «Milan» markaziy himoyachisi Fikayo Tomori xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha «rossoneri» bilan dastlabki muzokaralarni boshladi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, hozircha muzokaralar dastlabki bosqichda. «Liverpul»ning maqsadi rasmiy taklif berishdan oldin transferning xarajatlari va imkoniyatlarini to‘liq baholash hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Tomori o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarni inobatga olganda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 golli uzatma yetkazib berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 17 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar