Bugun
8
O'zbek

Mourinyo: "Ha, men "Real" bosh murabbiyi bo'laman"

Futbol
8 iyun, 01:25
Portugalialik mutaxassis "qirollik klubi"ga yaqin orada qaytishini tasdiqladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mourinyo: "Ha, men "Real" bosh murabbiyi bo'laman"
Foto: Getty Images

Portugalialik mutaxassis Joze Mourinyo "Real"ga yaqin orada qaytishini tasdiqladi.

Tez orada Joze "Benfika"ni tark etadi va rasmiy "qaymoqranglilar" bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Florentino Peresning "qirollik klubi" prezidentligi saylovidagi g'alabasidan keyin ma'lum qilindi.

Mourinioning o'zi ham darhol bayonot berib, Peresni tabrikladi va qaytishini e'lon qildi.

"Ha, albatta, men "Real" bosh murabbiyi bo'laman", — dedi Joze.

Ma'lumot o'rnida, Mourinyo avval ham 2010–2013 yillar oralig'ida madridliklarni boshqargan. Florentino Peres esa saylovda g'alaba qozongan taqdirda portugalialik murabbiyni qaytarishini oldindan ma'lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar