Rossiyalik UFC chempioni Islom Mahachev faoliyatini chempion maqomida yakunlashni istamoqda.
"Men uchun mag'lubiyatsiz ketish, kamarni boy bermaslik va chempion bo'lib ketish muhim. Bu qachon sodir bo'lishini bilmayman, chunki chempionlikni saqlash menga yoqadi.
Formada bo'lish, jang qilish, yigitlar bilan safarlarga chiqish zavq bag'ishlaydi. Hozir 2-3 oy dam oldim, safarlarda bo'ldim. Bu narsalar ham tezda zeriktiradi, faoliyatni yakunlagandan keyin ham shunday bo'ladi.
Men padel o'ynab ko'raman... mototsikllar, otlar, ferma — bularning barchasi bir kun kelib zeriktiradi. Lekin butun umr shug'ullangan ishing hech qachon zeriktirmaydi", — dedi Mahachev.
Avvalroq Islom keyingi jangi avgust oyida bo'lishini ma'lum qilgandi.