Bugun
8
O'zbek

«PSJ» Barkolya uchun 130 mln yevro narx belgilagan

Futbol
8 iyun, 03:05
Fransiyalik futbolchiga «Liverpul» va «Arsenal» qiziqish bildirmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
«PSJ» Barkolya uchun 130 mln yevro narx belgilagan
Foto: Getty Images

«PSJ» vingeri Bredli Barkolya uchun 130 million yevro narx belgilagan. Bu haqda Le10 Sport xabar berdi.

Fransiyalik futbolchiga «Liverpul» va «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. Har ikki APL jamoasi Bredlining salohiyatini yuqori baholaydi, ammo «PSJ» talab qilayotgan summani to'lashga tayyor emas.

Transfermarkt portali esa Barkolyaning narxini qariyb ikki barobar past (70 million yevro) deb baholamoqda. Yakunlangan mavsum «Lion» tarbiyalanuvchisi Luis Enrike jamoasi safida 49 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi.

Avvalroq «PSJ» Barkolya bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar