Bugun
12
O'zbek

Iraola kelgach, «Liverpul» «MYU»ning «Bornmut» futbolchisi transferi borasidagi rejalariga to‘sqinlik qilishi mumkin

Futbol
7 iyun, 10:47
Liverpul jamoasi Kyortis Jons o‘rniga Aleks Skottni sotib olishi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Iraola kelgach, «Liverpul» «MYU»ning «Bornmut» futbolchisi transferi borasidagi rejalariga to‘sqinlik qilishi mumkin
Foto: Gettyimages

Bu haqda Football Insider xabar berdi.

«Liverpul» ko‘proq o‘yin vaqtiga ega bo‘lish istagini bildirgan Kyortis Jonsning o‘rniga «Bornmut»ning yarimhimoyachisi Aleks Skottni sotib olishi mumkin.

O‘z navbatida 22 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Andoni Iraolaning jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi natijasida Skottni mersisaydliklar o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatlari oshdi. Murabbiy o‘tgan mavsum aynan «Bornmut»da faoliyat olib borgan.

Ta’kidlanishicha, «Liverpul» angliyalik yarimhimoyachisini sotib olish orqali «Manchester Yunayted»ning rejalariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, uning xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda Skott barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Aleksning aktual transfer narxini 50 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Bornmut Bornmut
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar