Live
2
O'zbek

Kieza: "Yuventus"ni hech qachon tark etmagan bo'lardim. Aslida menga yangi shartnoma taklif qilishmagan edi"

Futbol
6 iyun, 17:53
Futbolchi sobiq jamoasiga qaytishni istamoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kieza: "Yuventus"ni hech qachon tark etmagan bo'lardim. Aslida menga yangi shartnoma taklif qilishmagan edi"
Фото: Getty Images

"Liverpul" vingeri Federiko Kieza "Yuventus"ga qaytish istagi borligini ma'lum qildi.

"Yuventus"ga qaytishni istardim. Imkoni bo'lganida Turin klubini hech qachon tark etmagan bo'lardim. Katta pul xohlaganim haqida mish-mishlar bor edi, lekin hammasi boshqacha edi: menga hech qachon shartnomani uzaytirishni taklif qilishmagan edi. Buni biz muhokama qilmagandik. Juntoli va Tiago Motta menga shunday deyishdi: "Fede, sen bizga kerak emassan, o'zingga yangi jamoa qidir".

Omadim keldi; men dunyoning eng yaxshi beshta klubidan biri "Liverpul"da hammasini boshqatdan boshladim. Lekin "Yuventus" abadiy yuragimda va men qaytishni istardim. Takror aytaman, "zebralar" bilan hech qachon pul haqida gaplashmaganman va hech qachon gaplashmayman", — deya Kiezaning so'zlaridan keltiradi La Gazzetta dello Sport nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar