Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Angliya milliy jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Unda inglizlar Harri Keynning yagona goli evaziga g'alaba qozondi.
Shotlandiya esa Boliviyaga qarshi bahsda raqib jamoa darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Shveytsariya Avstraliya durang o'ynadi. Qatar esa Salvardor bilan murosa ko'chasini tanladi.
O'rtoqlik o'yinlari.
Angliya – Yangi Zelandiya 1:0
Gol: Keyn 45+2
Angliya – Pikford (Trafford, 46), Stounz (Bern, 46), Spens (Livramento, 46), Kuansa (Jeyms, 46), Gehi (Konsa, 46), Maynu (O’Rayli, 46), Rojers (Anderson, 46), Henderson (Bellinghem, 46), Uotkins (Ngumoha, 46), Reshford (Gordon, 46), Keyn (Touni, 46).
Boliviya – Shotlandiya 0:4
Gollar: Shanklend 5, Maktominay 23, Adams 30, 45
Shveytsariya – Avstraliya 1:1
Gollar: Ndoi 14 – Endji 56
Qatar – Salvardor 0:0