Portugaliya milliy jamoasi jahon chempionati oldidan Chiliga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.
Bellashuv 2:1 hisobida Roberto Martines jamoasining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Gedesh va Fernandesh gollarga mualliflik qildi. Mehmonlar safida Kepeda gol urdi.
Birinchi bo‘limning oxirida Leau va Roman o‘zaro kelishmovchilik sabab maydondan chetlatildi.
O‘rtoqlik o‘yini
Portugaliya – Chili 2:1
Gollar: Gedesh 58, Fernandesh 75 - Kepeda 90+2
Chetlatishlar: Leau 45+2 – Roman 45+2
Portugaliya – Sa (Ruy Silva, 46), Semedu (Dalot, 46), Diash (Arauho, 87), Veiga (Inasio, 46), Kanselu, Koshta (Ruben Nevesh, 46), Bernarhu Silva (Netu, 46), Fernandesh, Konseysau (Feliks, 76), Leau, Ronaldu (Ronaldu, 46).