"Manchester United"ning sobiq hujumchisi Antoni Marsial Meksikaning "Monterrey" klubi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Marsial Meksika klubi safiga 2025 yilning sentabr oyida kelib qo'shilgan edi. Bu vaqt davomida u 20 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Antonio faoliyati davomida "Monako", "Manchester United", "Sevilya" va Gretsiyaning AEK klublarida ham to'p tepgan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik futbolchining hozirgi bozor qiymati 3,5 million yevroga baholanmoqda.