Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer uning hozirgi bosh murabbiyi Tomas Tuxel haqida fikrlarini bildirdi.
«Jiddiy aytyapsizmi? Agar boshqa millatdan bo‘lgan murabbiy jahon chempionatida bizning madhiyamizni aytmasa, kimni xafa qilishi mumkin? Uning qilishi kerak bo‘lgan yagona narsasi — maydonga chiqish va o‘yinlarni yutish, madhiyani aytish emas. Men uchun buning hech qanday ma’nosi yo‘q. Tanlov menda bo‘lsa, men u biror marta ham madhiyamizni aytmasa ham, jahon chempionatini yutishini tanlagan bo‘lar edim.
Turli davrlar, turlicha shart-sharoitlar bo‘ladi, ko‘p narsalar farq qiladi. Men uning bu musobaqada bizning murabbiyimiz ekanidan xursandman va bizda haqiqatan ham juda yaxshi jamoa bor. U maqsadga intiluvchan, jamoa tarkibiga oid bir necha muhim qarorlarni qabul qilishi kerak bo‘ladi va bu normal holat. Bu unga hech qanday ta’sir qilmaydi. Shuning uchun men juda xursandman, u jamoamizga boshchilik qiladi va mundialda ancha uzoqqa yetib borish uchun real imkoniyatlarimiz bor», - deya Shirerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Sun.
Ma’lumot uchun, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.