«Manchester Siti» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri sobiq bosh murabbiyi Hosep Gvardiola bilan birga ishlagan davrni yodga oldi. UYEFA Chempionlar Ligasidagi g‘alaba faoliyatidagi eng muhim pallalardan biri bo‘lganini ta’kidladi.
«Chempionlar Ligasi klub uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi va o‘sha unutilmas gol men uchun naqadar qadrliligini inobatga olsak — bu o‘zgacha kun edi. Biroq men butun jamoani ta’kidlashni istardim. Bir necha yillardan buyon turli sabablar, qiyinchiliklar tufayli sovrinni qo‘lga kirita olmasdik. Vaholanki, nazarimda, biz unga avvalroq yetishga loyiq bo‘lganmiz. Shularga qaramay, qiyinchiliklarni yengishga qodir jamoamiz bor edi. Yodimda, o‘shanda Pep bilan bu qanchalik qiyin bo‘lgani haqida gaplashgandik. Chinakamiga baxtli onlar edi.
[Gvardiolaning ta’siri] eng avvalo sportda. Yaqqol ajralib turuvchi xarakterga, kuchli sportcha kurashuvchan ruhiyatga ega insondan siz futboldan tashqarida ham ko‘p narsani o‘rganishingiz mumkin. Va albatta, odamgarchilik tomondan — ma’lum vaziyatlarda. Kelishmovchiliklar, xursandchiliklar, shunday pallalar bo‘ladiki, murabbiyning qarori sizga to‘g‘ridek ko‘rinadi, ammo ba’zi hollarda buning aksi ham kuzatiladi. Umuman olganda esa u sizdan maksimum foyda chiqarishga urinadi. U doimo jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U inson sifatida to‘g‘ri fursatni topa oladi: ketganlarni, oramizda yo‘qlarni xotirasida avaylab saqlaydi — jamoani tark etgan o‘yinchilarni eslab turadi. Shu jihatlarning o‘zi u haqida ko‘p narsani aytib turibdi. U mening faoliyatimdagi alohida o‘ringa ega inson», — deya Rodri so‘zlarini keltiradi AS.
Eslatib o‘tamiz, UYEFA Ligu chempionov 2022/2023-yilgi mavsumi final bahsida «Manchester Siti» Milanning «Inter» jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Rodri o‘sha o‘yinda «shaharliklar»ning yagona goliga mualliflik qilgan.