Live
2
O'zbek

Senesi – "Tottenhem" futbolchisi (Romano)

Futbol
6 iyun, 17:36
Tomonlar to'rt mavsumga mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Senesi – "Tottenhem" futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

Argentinalik himoyachi Markos Senesi yaqin vaqt ichida "Tottenhem" safini to'ldiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi London jamoasiga erkin agent sifatida qo'shiladi. Tomonlar to'rt mavsumga mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi.

Qayd etilishicha, futbolchi mart oyidayoq "taqachilar" bilan hamkorlik shartlarini kelishib olgandi.

Senesi o'z faoliyatini "Feyenoord"da boshlagan, u yerdan 2022 yilda 15 million yevro evaziga "Bornmut"ga o'tgan.

"Giloslar" safida o'ynagan vaqtida u 128 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar