"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoasining o'yin uslubi haqida gapirdi.
"Bosh murabbiy sifatida zimamda ko'plab vazifalar bor, ammo eng avvalo biz futbolchilarga yordam berish uchun shu yerga keldim."
Men doim shunday deyman: har bir o'yinchi o'z ishini eng yaxshi tarzda bajara olishi uchun jamoaviy tizim yaratishimiz kerak. Har bir futbolchiga mos tushadigan rolni topishimiz lozim. O'yinchilar biz bilan birga individual jihatdan rivojlanishini his qilishi, biz esa ular uchun ishlash zavq bag'ishlaydigan muhitni va futbolni yarata olishimiz kerak."
Agar hamma xursand bo'lsa, jamoada yaxshi muhit bo'lsa, bu albatta ochkolar keltiradi. Bunga mening ishonchim komil. Bosh murabbiy sifatida barchani birdek mamnun qila olmayman, ammo har bir inson o'zini qulay his qiladigan muhit yaratishga intilishimiz shart", — dedi Iraola klub rasmiy saytiga bergan intervyusida."
Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar 4 iyun kuni 43 yoshli Andoni Iraolani jamoa bosh murabbiyi etib tayinlagandi.