Live
2
O'zbek

«Nyukasl» Tonali uchun narx belgilagan. Unga 3 ta top klub qiziqmoqda

Futbol
6 iyun, 18:35
Futbolchining «qarg'alar» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Nyukasl» Tonali uchun narx belgilagan. Unga 3 ta top klub qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali yozgi transfer vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, italiyalik 26 yoshli futbolchiga «Arsenal», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, «Nyukasl» Tonalini shunchaki qo'yib yubormoqchi emas. Klub Sandroni loyihaning asosiy o'yinchilaridan biri deb hisoblaydi va unda jamoaning kelajakdagi tayanchini ko'radi.

Futbolchining «Nyukasl» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Agar futbolchi klubni tark etishni istasa, Angliya klubi xavbekni 115 million yevrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.

O'tgan mavsum yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 53 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» Tonali uchun 90 million yevrogacha taklif qilmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar