Live
5
O'zbek

Rasman: «Tottenhem» Robertson transferini e’lon qildi

Futbol
5 iyun, 10:08
London klubi himoyachi bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rasman: «Tottenhem» Robertson transferini e’lon qildi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» tajribali himoyachi Endryu Robertson bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Yozda 32 yoshli shotlandiyalikning «Liverpul» bilan shartnomasi yakuniga yetdi. Futbolchi mersisaydliklar safida 2017-yildan buyon to‘p tepayotgan edi.

Endryu «Liverpul» safida ikki bor APL chempionligini qo‘lga kiritdi va Angliya liga kubogida zafar quchdi hamda bir martadan Angliya Kubogi, Superkubogiga ega chiqdi. Shu bilan birga Chempionlar Ligasi bosh sovrini, UYEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘olib bo‘ldi.

Faoliyati davomida Roberston «Hall Siti», «Dandi Yunayted» va «Kuinz Park» klublari safida harakat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, London klubi 17-o‘rinni egalladi va APLdagi o‘rnini saqlab qoldi.

Hozirda Robertson Shotlandiya milliy jamoasi bilan birgalikda JCH-2026ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mundial guruh bosqichida shotlandiyaliklar Haiti (13 iyun), Marokash (19 iyun) va Braziliya (24 iyun) jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Robertson JCH-2026da milliy jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar