Britaniyalik teleboshlovchi va "Arsenal" muxlisi Pirs Morgan "Tottenhem"ning "to‘pchilar" ustidan kulishiga javob qaytardi.
“Taqachilar” matbuot xizmati hamshaharining YCHL finalidagi magʻlubiyatidan soʻng 2024/25 yilgi mavsumda Yevropa ligasi kubogini koʻtarib turgan jamoa suratini joylashtirib, postga “Yevropada gʻalaba qozonish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi” degan izoh qoʻshilgandi.
Bunga javoban Morgan shunday yozdi:
"Eslatib o‘taman: "Tottenhem" mening 61 yillik hayotim davomida biror marta ham APL yoki Angliya yuqori divizionida chempion bo‘lmagan".
Avvalroq Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” ham “Arsenal”ni troll qilgandi.
"Tottenhem" "Arsenal"ga: "Yevropada g‘olib bo‘lish hammaga ham emas"
Futbol
1 iyun, 07:10
"Taqachilar" YCHL finalida yutqazgan hamshahari ustidan kuldi. "To‘pchilar"ning muxlisi Morgan esa javob qaytardi.
Foto: Getty Images