"Chelsi" hamshahari "Arsenal"ning Chempionlar Ligasi finallaridagi omadsizliklariga hazilomuz munosabat bildirdi.
Mikel Arteta boshqarayotgan jamoa turnirning hal qiluvchi bahsida “PSJ”ga (1:1, pen — 3:4) magʻlub boʻldi. Bungacha "toʻpchilar" 2006 yildagi finalda "Barselona"ga (1:2) ham yutqazgandi.
Shu tariqa, "Chelsi" hamon Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan Londondagi yagona klub boʻlib qolmoqda. "Koʻklar" ushbu musobaqada 2012 va 2021 yillarda zafar quchgan.
Oʻyindan keyin klub oʻz muzeyiga taklif qildi. Xabarda Yevropa klublar futbolidagi eng nufuzli sovrin — Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati kubogi surati koʻrsatilgan.
"Londondagi Sovrinlar uyiga tashrif buyuring. "Stemford Brij" stadioni boʻylab ekskursiyani hoziroq band qiling", — deyiladi "Chelsi" xabarida.
