Live
6
O'zbek

"Komo" prezidenti Pas haqida: "Barchasi "Real"ning yakuniy qaroriga bog'liq"

Futbol
6 iyun, 15:32
Italiya klubi 2024 yilda argentinalik futbolchini sotib olgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Komo" prezidenti Pas haqida: "Barchasi "Real"ning yakuniy qaroriga bog'liq"
Фото: Getty Images

"Komo" prezidenti Mirvan Suvarso yarimhimoyachi Niko Pasning "Real"ga qaytishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.

"Niko Pas biz bilan yana bir yil qoladimi? Qaror faqat "Real"ga bog'liq. Biz kutyapmiz. Hammayoq ularning qo'lida", — deya jurnalist Fabrizio Romano Suvarsoning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'ida.

Eslatib o'tamiz, "Komo" 2024 yilda argentinalik futbolchini sotib olgandi. Madrid klubi esa futbolchini 10 million yevro evaziga qaytarib sotib olish imkoniyatini saqlab qolgan.

O'tgan mavsumda Pas barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar