Vinger Entoni Gordon yaqinda Angliyaning «Nyukasl» jamoasidan «Barselona» safiga ko‘chib o‘tdi. Futbolchi Kataloniya klubi haqida unga Angliya milliy jamoasidagi sherigi Markus Reshford aytib berganini ma’lum qildi. Markus o‘tgan mavsumni ijara huquqi asosida «ko‘k-anorranglilar» safida o‘tkazdi.
«Reshford u yerdagi futbolchilar, jamoaviy ruh haqida gapirib berdi – shunga o‘xshash narsalarni «Barselona»dagi odamlardan ham eshitdim. Shuning uchun jamoaga qo‘shilishni intiqlik bilan kutyapman. Markus menga shahar, turli joylar va istiqomat qilish borasida ham maslahatlar berdi. U ajoyib yigit. Markus menga ba’zi ma’lumotlarni aytib berdi», - dedi Gordon talkSPORT nashriga.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 2025/2026-yilgi mavsumda Ispaniya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi.