Live
1
O'zbek

«Yuventus» Syorlot bilan shartnoma borasida kelishib oldi — Romano

Futbol
7 iyun, 08:03
Madridning «Atletiko» hujumchisi turinliklar bilan shaxsiy kelishuvga erishdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Yuventus» Syorlot bilan shartnoma borasida kelishib oldi — Romano
Foto: Gettyimages

Bu haqda insayderlar Fabritsio Romano hamda Matteo Moretto xabar bermoqda.

Madridning «Atletiko» hujumchisi Aleksandr Syorlot «Yuventus» bilan shaxsiy kelishuvga erishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olgan. Endi Turin klubi 30 yoshli norvegiyalikning transferi bo‘yicha «matraschilar» bilan muzokaralarga kirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» Syorlotni 2024-yil yozida «Vilyarreal»dan 32 million yevro evaziga sotib olgandi. 2025/26-yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 54 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urgan.

Aleksandrning «matraschilar» bilan shartnomasi 2028-yil iyunigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar