Italiyalik mutaxassis Fabio Kapello jahon chempionati favoritlari qaysi jamoalar ekanini aytdi.
«Fransiya va Ispaniya — asosiy favoritlar, chunki ularning texnik mahorati yuqori. Men Tuxel boshchiligidagi Angliya milliy jamoasiga ham qiziqyapman.
Germaniya biroz pozitsiyalarini yo'qotdi, ammo ushbu jahon chempionatida ularni ko'rishni intiqlik bilan kutyapman.
Shu bilan birga, men Anchelotti boshchiligidagi Braziliya milliy jamoasiga muxlislik qilaman. Karlo ajoyib xarakterga ega, har qanday muhitga tez moslasha oladi. Braziliyada esa buni amalga oshirish oson emas», — dedi Rossiya va Angliya milliy jamoalarining sobiq murabbiyi.
Avvalroq Kapello Italiya munchi olmaganini sharmandalik deb hisoblashini aytgandi.