«Real» Dani Sebalos uchun «Ayaks»dan 10 million yevro talab qilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, niderlandiyaliklar «qirollik klubi» bilan Sebalos transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda tomonlar ijobiy kayfiyatda bo'lib, yakuniy kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Madridliklar futbolchi uchun taxminan 10 million yevro so'ramoqda. «Ayaks» esa ushbu summaga yaqinlashishga tayyor, muzokaralar esa ijobiy ruhda o'tmoqda.
Amsterdam jamoasining yangi bosh murabbiyi Michel Sebalosni jamoada muhim figura bo'lishiga ishontirgan. Yakunlangan mavsum 29 yoshli yarim himoyachi La Ligada 16 ta o'yinda qatnashib, samarali harakatlar qayd etmagan.
Shuningdek, Daniga «Betis» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq «Real» va «Marsel» o'tgan yozda Sebalos borasida kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.