Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi jahon chempionati starti oldidan OʻFA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Tayyorgarlik jarayoni rejamiz asosida davom etmoqda. Toʻgʻri, oson boʻlayotgani yoʻq. Bunga bir nechta sabablar bor.
Masalan, Eron chempionatida oʻynayotgan legionerlarimiz 3-4 oy davomida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmadi. Shuningdek, ayrim futbolchilar jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan kechirdi.
Hozir biz mana shu masalalarni bosqichma-bosqich hal qilish ustida ishlayapmiz. Shunga qaramay, jamoaning ishidan mamnunman.
Yigʻinning ilk kunidan boshlab futbolchilar bor kuchini berishga harakat qilishmoqda. Qiyinchiliklarga qaramasdan, ular oʻz ustida ishlash va rivojlanishga intilishmoqda", — dedi Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.
Avvalroq Kannavaro xatolarni mundialdagi oʻyinlarda emas, oʻrtoqlik bahslarida qilgan yaxshiroq ekanini taʼkidlab oʻtgandi.