Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Braziliya, Misr, Argentina, Turkiya va JAR o'rtoqlik o'yini doirasida maydonga tushdi.
Braziliyaliklar Afrika vakili Misr bilan kuch sinashdi va 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Argentina Gondurasni 2:0 hisobida yenggan bo'lsa, Turkiya Venesueladan ustun keldi.
Shuningdek, JAR milliy jamoasi Meksikada Yamayka 1:0 hisobida taslim etdi.
O'rtoqlik o'yinlari
Braziliya — Misr 2:1
Gollar: Gimarash 7, Endrik 52 — Ziko 11.
Argentina — Gonduras 2:0
Gollar: Lautaro 37 (pen), Simeone 54.
Venesuela — Turkiya 1:2
Gollar: Mendoza 13 — Yilmaz 44, Akgun 54.
Yamayka — JAR 0:1
Gol: Appolis 32.