Bugun
12
O'zbek

De Xea yozda "Fiorentina"ni tark etishi mumkin

Futbol
7 iyun, 03:00
Klubda 35 yoshli posbonning maoshi juda yuqori deb hisoblanmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
De Xea yozda "Fiorentina"ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

"Fiorentina" darvozaboni David de Xea yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, "binafsharanglilar" rahbariyati ispaniyalik futbolchini endi daxlsiz maqomda ko‘rmayapti. Klubda 35 yoshli posbonning maoshi (yiliga taxminan 3 million yevro) juda yuqori deb hisoblanmoqda. Shuning uchun ham rahbariyat David bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

"Manchester Yunayted" sobiq darvozabonining "Fiorentina" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Avvalroq de Xea Angliyada "Manchester Yunayted"dan boshqa klubda o‘ynay olmasligini aytib o‘tgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar