Fransiya milliy jamoasi sardori Kilian Mbappe mashg'ulotni erta yakunlab, maydonni yakka holda tark etdi.
Ma'lum qilinishicha, Mbappe jarohat sabab mashg'ulotni oxirigacha yetkaza olmagan. Hozircha tafsilotlar ochiqlanmagan, ammo 8 iyun kuni Fransiya milliy jamoasi jahon chempionati oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'tkazadi va ushbu o'yinda futbolchiga dam berilishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, Fransiya milliy jamoasi mundial guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoa turnirdagi ilk o'yinini 16 iyun kuni Senegalaga qarshi o'tkazadi.