Bugun
12
O'zbek

Savinio "Tottenhem" bilan kelishuvga erishdi — manba

Futbol
7 iyun, 05:00
Bitim 2031 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Savinio "Tottenhem" bilan kelishuvga erishdi — manba
Foto: Getty Images

"Manchester City" vingeri Savinio Londinning "Tottenhem" klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 22 yoshli braziliyalik futbolchi allaqachon "Tottenhem" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Bitim 2031 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi.

Ta'kidlanishicha, "taqachilar" bosh murabbiyi Roberto de Zerbi Savinioning jamoada ko'rishni juda istamoqda. Yakunlangan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.

Avvalroq "Manchester City" Savinio bilan shartnomani uzaytirgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar