O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi jahon chempionati starti oldidan O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Biz milliy jamoa poydevorini ham tayyorlayapmiz, shuning uchun tarkibda yosh va tajribali futbolchilar o'rtasida to'g'ri muvozanat bo'lishi kerak.
Tajribali futbolchilar o'z tajribasini yoshlar bilan bo'lishishi lozim. Yosh futbolchilar uchun tajribali futbolchilar bor jamoaga kelish juda muhim, sababi ular yoshlarning o'sishiga va moslashishiga yordam beradi.
Sentyabr oyidan boshlab Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida tarkibga yangi kuchlar, yangi futbolchilarni ham jalb qilishimiz kerak bo'ladi. Men bu yerga kelganimdan beri bir fikrni takrorlab kelaman: jahon chempionati biz uchun o'rganish va rivojlanish imkonini beradi.
Bu turnir bizga o'sish uchun xizmat qilishi kerak. Agar yaxshi natijalarga erishsak, bundan juda xursand bo'lamiz.
Agar bunday bo'lmasa, biz o'z ishimizni va boshlagan loyihamizni davom ettiramiz. Chunki biz uchun keyingi muhim maqsad Osiyo kubogi hisoblanadi", — dedi O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.
Avvalroq Kannavaro raqiblarni o'rganish bo'yicha tayyorgarlik ancha oldin boshlanganini aytib o'tgandi.