Bugun
12
O'zbek

Keyn ushbu mavsumdagi 67-golini urdi

Futbol
7 iyun, 01:00
Harri «Bavariya» safida 61 marta gol urgani holda, uning yana 6 goli milliy jamoa o‘yinlariga to‘g‘ri keladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Keyn ushbu mavsumdagi 67-golini urdi
Foto: Getty Images
06.06.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Angliya Angliya 1 : 0 Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya

Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn ushbu mavsumdagi 67-golini urdi.

Harri Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) himoyachi Jed Spensning pasidan so‘ng hisobni ochdi. Shu tariqa, 32 yoshli forvard bu mavsumdagi 67-golini nishonladi.

Keyn «Bavariya» safida 61 marta gol urgani holda, yana 6 ta golni milliy jamoa o‘yinlarida kiritgan.

Avvalroq angliyalik forvard faoliyatidagi ikkinchi «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritgani ma'lum qilingandi. Qayd etish lozim, Harri Bundesligadagi 31 o‘yinda 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar