Bugun
12
O'zbek

Mourinyo "Real" rahbariyatiga Olise jamoa uchun zarur ekanini tushuntirgan

Futbol
7 iyun, 02:30
Joze Mayklni yangi jamoa qurishda muhim figura sifatida ko'rmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mourinyo "Real" rahbariyatiga Olise jamoa uchun zarur ekanini tushuntirgan
Foto: Getty Images

Portugalalik mutaxassis Joze Mourinyo "Real" rahbariyatiga "Bavariya" vingeri Maykl Olise jamoa uchun zarur ekanini tushuntirgan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

"Qaymoqranglilar"ning ehtimoliy yangi bosh murabbiyi ushbu transfer bo'yicha o'z pozitsiyasini bildirgan. Joze uni yangi jamoa qurishda muhim figura sifatida ko'rmoqda.

Ma'lumot o'rnida, 24 yoshli fransiyalik futbolchi Transfermarkt tomonidan 150 million yevroga baholanmoqda. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Yakunlangan mavsum Maykl Bundesligadagi 32 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 19 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Olisening "Real"ga o'tishga rozilik bergani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar