Bugun
12
O'zbek

Keyn Angliya milliy jamoasiga maydon holati xalaqit qilganini aytdi

Futbol
7 iyun, 06:40
Bavariya hujumchisi Yangi Zelandiya bilan o‘rtoqlik bahsida maydon maysasi holatiga e’tibor berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Keyn Angliya milliy jamoasiga maydon holati xalaqit qilganini aytdi
Foto: Gettyimages

Bavariya va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn Yangi Zelandiya jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini o‘tgan maydon maysasi sifati haqida fikr bildirdi.

— Rostini aytsam, maydon unchalik ham yaxshi emas edi. Bu bizning o‘yinimizga ta’sir qilib, qiynchilik tug‘dirdi va biz istagan tarzda harakat qilishimizga yo‘l qo‘ymadi, - dedi Keyn final hushtagidan so‘ng.

O‘rtoqlik o‘yini angliyaliklarning Yangi Zelandiya ustidan minimal 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol aynan Keyn hisobiga yozildi.

Angliya milliy jamoasi so‘nggi nazorat o‘yinini 10 iyun kuni Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazadi. 17 iyunda esa Tuxelning shogirdlari Jahon chempionatidagi birinchi o‘yinni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar