Live
1
O'zbek

Anchelotti Endrikning Braziliya milliy jamoasi tarkibidagi o‘yiniga baho berdi

Futbol
7 iyun, 07:05
Italiyalik mutaxassis hujumchining o‘rtoqlik o‘yinidagi harakatlari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Anchelotti Endrikning Braziliya milliy jamoasi tarkibidagi o‘yiniga baho berdi
Foto: Gettyimages

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti, Braziliya milliy jamoasi murabbiyi sifatida, Endrikning Misr milliy jamoasiga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik bahsidagi o‘yini borasida fikrlarini bildirib o‘tdi. Hujumchi 1 ta gol urdi va «selesao» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Endrik kuchli o‘yinchi, u pozitsiyani yaxshi tanlaydi. Vaziyatlardan foydalanishni yaxshi biladi. Milliy jamoa uchun u muhim figura, Endrik shu ruhda davom etishi kerak. Shuningdek, Kunya ham biz uchun muhim o‘yinchi hisoblanadi. Ha, u hujumlarni yakunlashda Endrikchalik samarali emas, lekin o‘yinni tashkil qilishda zarur futbolchilarimizdan», - deya murabbiy so‘zlarini keltirdi Globo.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 guruh bosqichida Braziliya milliy jamoasi Marokash, Shotlandiya va Hayiti jamoalari bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar