Live
1
O'zbek

«Real» Valverdeni 100 million yevrodan qimmatroqqa sotishi mumkin

Futbol
7 iyun, 08:26
Madrid klubi urugvaylik yarimhimoyachi borasida o‘z pozitsiyasini belgilab oldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Real» Valverdeni 100 million yevrodan qimmatroqqa sotishi mumkin
Foto: Gettyimages

Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Madridning «Real» klubi urugvaylik yarimhimoyachi Federiko Valverde borasida o‘z pozitsiyasini belgiladi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi» futbolchi bilan xayrlashishga shoshilmayapti.

Biroq Federiko transferi uchun 100 million yevrodan ko‘proq narx taklif qilinsa, klub qarorini o‘zgartirishi mumkin. Yakuniga yetgan mavsumgacha Valverde tarkibning muhim figuralaridan biri va sotilmaydigan futbolchilar toifasiga kirar edi. Biroq fransiyalik Orelen Chuameni bilan janjaldan keyin u maqomidan ayrildi.

Valverde 2016-yildan beri madridliklar safida to‘p tepib kelmoqda. Futbolchining amaldagi shartnoma muddati 2029-yil yozida tugaydi.

Transfermarkt portali Fedening aktual transfer qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar