Transfermarkt dunyo klublarining tarkibi qiymatlari yangilangan ma’lumotlarini e’lon qildi.
Fransiya chempioni va Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» klubi tarkibi bozor qiymati bo‘yicha yetakchi — 1,37 milliard yevro. Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» (1,32 milliard), uchinchi o‘rinda — Londonning «Arsenal» klubi, 22-yilda birinchi marta Angliya chempionligiga erishgan jamoa (1,25 milliard).
Eslatib o‘tamiz, aynan «PSJ» va «Arsenal» UYEFA Chempionlar Ligasi finalida ro‘baro‘ keldi. Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da o‘tgan o‘yin Fransiya klubining g‘alabasi bilan yakunlandi. Asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmadi, penaltilar seriyasida esa omad parijliklarga kulib boqdi.