O‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida ishtirok etadi. Bu haqda MMA.Metaratings xabar berdi.
Hozircha uning raqibi noma'lum. Serbiyadagi turnir esa 1 avgust kuni o‘tkaziladi.
Ma'lumot o‘rnida, Guskov so‘nggi jangini 2025 yil dekabr oyida UFC 323 turnirida Yan Blaxovichga qarshi o‘tkazgandi. Ushbu bellashuv durang natija bilan yakunlangan.
Bogdan 10 may kuni AQShning Nyuark shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 328 turnirida Blaxovichga qarshi revansh jangini o‘tkazishi kerak edi, ammo 43 yoshli polshalik jangchi tizzasidan jarohat olganini ma'lum qildi.