Bugun
12
O'zbek

Blaxovich Guskovga qarshi jangga tayyorgarlik jarayonida jarohat olganini ma'lum qildi

MMA
20 aprel, 11:30
Polshalik va o'zbekistonlik jangchilarning to'qnashuvi 10 may kuni bo'lib o'tishi kerak edi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Blaxovich Guskovga qarshi jangga tayyorgarlik jarayonida jarohat olganini ma'lum qildi
Foto: Getty Images

UFC'ning yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Yan Blaxovich o'zbekistonlik Bogdan Guskovga qarshi jangga tayyorgarlik jarayonida jarohat olganini ma'lum qildi.

«Ayiqni otmay turib, terisini taqsimlama. Keyingi haftadayoq AQShda bo'lishim kerak edi, lekin rejalarni o'zgartirishga to'g'ri keldi. G'azabim qaynamoqda. Sparringning so'nggi raundi, noqulay vaziyat — tizzaga zarba. Menisk yirtilishi.

Reja va maqsad aniq edi, shuning uchun hafsalam pir bo'ldi. Ammo bu oxiri emas! Allaqachon iloji boricha tezroq qaytish va barchasini o'z shartlarim asosida yakunlash ustida ishlayapman», — deb yozdi Blaxovich ijtimoiy tarmoqlarda.

Blaxovich va Guskov o'rtasidagi jang 10 may kuni UFC 328 turniri doirasida bo'lib o'tishi kerak edi.

Bugungi yangiliklar