«Roma» va Italiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Franchesko Totti Turinning «Yuventus» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Kenan Yildizning o‘yin pozitsiyasi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men uchun «o‘ninchi raqam» — bu biroz boshqacha xususiyatlarga ega ijrochi, Kenan esa — «to‘qqiz yarim»! Unga katta umidlar bog‘langan, u jamoaga juda ko‘p narsa beradi. Bu texnik jihatdan kuchli, zamon talablariga javob bera oladigan va professional jihatdan yetuk o‘yinchi, ammo haqiqiy «o‘ninchi raqamlar» darajasiga yetmagan», - deya Tottining so‘zlarini keltirdi Nikolo Skira.
Ma’lumot uchun, Kenan Yildiz «Yuventus»ga «Bavariya»dan 2022-yil yozida erkin agent sifatida o‘tgan.
O‘shanda futbolchining Myunxen jamoasi bilan shartnomasi yakuniga yetgan va nemislar yangi bitim imzolashni istamagan.