Live
2
O'zbek

«Barselona» Yamalning JCH-2026 ilk turida maydonga tushishiga ruxsat berdi

Futbol
7 iyun, 11:35
Ammo 18 yoshli vingerning qaytishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Barselona» Yamalning JCH-2026 ilk turida maydonga tushishiga ruxsat berdi
Foto: Getty Images

«Barselona» Lamin Yamal Ispaniya milliy jamoasining JCH–2026dagi ilk o'yinida ishtirok etish uchun ruxsat berdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Kataloniya klubi 18 yoshli vingerning tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda. Futbolchi 22 aprel kuni «Selta»ga (1:0) qarshi «Kamp Nou»dagi bahsda penaltini amalga oshirganidan keyin chap son mushaklaridan jarohat olgandi. U 30 may kuni hali tiklanish jarayonida bo'lgan holda Ispaniya milliy jamoasi yig'iniga qo'shildi.

«Barselona» Laminning Jahon chempionatidagi Ispaniyaning birinchi o'yini — Kabo-Verdega qarshi 15 iyun kuni bo'lib o'tadigan bahsgacha safga qaytishini ma'qulladi. Klub hisob-kitobiga ko'ra, shu vaqtga kelib rejalashtirilgan olti haftalik tiklanish muddati yakunlanadi va asoratlar kuzatilmasa, futbolchiga tibbiy shtab tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

Biroq muhim shart bor: qaytish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. «Barselona» Yamalning Kabo-Verdega qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashini kutmayapti. Eng ko'pi bilan u maydonga so'nggi 15 daqiqada tushirilishi mumkin.

Agar futbolchi o'zini yaxshi his qilsa, ikkinchi turda Saudiya Arabistoniga qarshi 45–60 daqiqa o'ynashi mumkin. 27 iyunga belgilangan Urugvay bilan so'nggi tur bahsida esa u asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq o'yin o'tkazishga tayyor bo'lishi mumkin.

Shu bilan birga, «Barselona» faqat Yamalning holatini emas, balki Ispaniya milliy jamoasidagi barcha o'z futbolchilarining jismoniy holatini ham nazorat qilib boradi. Klub har kuni ular haqida ma'lumot olib turadi va har bir futbolchi bo'yicha haftalik hisobotlar talab qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar