Live
2
O'zbek

«Barselona» Ferminni sotmaydi

Futbol
7 iyun, 13:01
Ispan klubi yarimhimoyachisi Kataloniyani tark etmaydi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Barselona» Ferminni sotmaydi
Foto: Gettyimages

«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes yangi mavsumda ham Kataloniya klubida qoladi.

Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchisi transferi bo‘yicha har qanday muzokaralarni rad etadi. Ta’kidlanishicha, Fermin Lopes jamoaning kelajagi uchun muhim figura hisoblanadi va har qanday holatda ham sotilmaydi.

Avvalroq yarimhimoyachini Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» jamoasi o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Xavbek xizmatlariga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Lopes — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakuniga yetgan mavsumda u 48 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urib, 17 ta golli uzatma yetkazib berdi. Uning futbolchi bilan shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar