Live
2
O'zbek

Martines Silvaning «Barselona»dagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi

Futbol
7 iyun, 13:41
Portugaliya milliy jamoasi ustozi yarimhimoyachining ispan klubidagi istiqboliga baho berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Martines Silvaning «Barselona»dagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi
Foto: Gettyimages

Portugaliya milliy jamoasi murabbiyi Roberto Martines Kataloniyaning «Barselona» jamoasida yarimhimoyachi Bernardu Silvaning istiqboli haqida fikr bildirdi. Avvalroq, «ko‘k-anorranglilar» futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish haqida o‘ylayotgani hqaida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining o‘zi esa hali yakuniy qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi.

«Silva juda kuchli futbolchi. Bernardu har qanday jamoaga qo‘shilib keta olishi va boshqa murabbiyning talablariga moslashishi mumkin. Bu maydondagi pozitsiyaga emas, uning futbol intellektiga bog‘liq. Shuningdek, uning texnik imkoniyatlarini ham qayd etmoqchiman. Hamma yuqorida aytilganlar unga o‘yinni boshqara olishda yordam beradi», - deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.

Foto: Gettyimages

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli portugaliyalik 2017-yil «Manchester Siti» safiga borib qo‘shilgan. Silvaning amaldagi shartnomasi 2026-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar